Bahrayn-2025: Yengil atletika bahslarida 4 ta medal qoʻlga kiritildi
Bahraynda III Osiyo yoshlar oʻyinlari davom etmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FOTO: Olympic.uz
Oʻzbekiston delegatsiyasi III Osiyo yoshlar oʻyinlarida navbatdagi medallariga sazovor boʻldi.
Bugun oʻtkazilgan yengil atletika bellashuvlarida Nazmina Rahimjonova oltin, Muhammadaziz Nosirov hamda Shahzodbek Xolmurodov kumush, Shodiyona Rahmonova esa bronza medallariga ega chiqishdi.
Oltin:
- Nazmina Rahimjonova (1500 metr)
Kumush:
- Muhammadaziz Nosirov (bosqon uloqtirish)
- Shahzodbek Xolmurodov (uch hatlab sakrash)
Bronza:
- Shodiyona Rahmonova (100 metrga toʻsiqlar osha)
Nasrullo Karimov
Jurnalist