Bahrayn-2025: O‘zbekiston delegatsiyasi yana 4 ta medalga sazovor bo‘ldi
Hamyurtlarimiz kurash va penchak silat bahslarida 3 ta oltin va 1 ta bronza medalini jamg‘arishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Olympic.uz
Bahraynda o‘tayotgan III Osiyo yoshlar o‘yinlarining bugungi bahslari ham O‘zbekiston delegatsiyasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Hamyurtlarimiz kurash va penchak silat bahslarida 3 ta oltin va 1 ta bronza medalini jamg‘arishdi.
Oltin:
- Madinabonu Karimova (kurash, -52 kg)
- Shohjahon G‘olibov (kurash, -83 kg)
- Nurislom Ro‘ziboyev (penchak silat, -63 kg)
Bronza:
- Feruza Bozorova (penchak silat, -55 kg)
Avvalroq, engil atletikachilarimiz Osiyo o‘yinlarida qatnashish uchun Bahraynga yo‘l olgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist