locale OZ

Bahrayn-2025: Oʻzbekiston delegatsiyasi kechagi kunni 16 ta medal bilan yakunladi

Bahraynda III Osiyo yoshlar oʻyinlari boʻlib oʻtmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bahrayn-2025: Oʻzbekiston delegatsiyasi kechagi kunni 16 ta medal bilan yakunladi
FOTO: Olympic.uz

Bahrayn-2025 III Osiyo yoshlar oʻyinlarining kechagi kun dasturidan oʻrin olgan bellashuvlarda Oʻzbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medallarini jamgʻardi.

Oltin:

- Munisbek Davletov (ogʻir atletika, -88 kg, dast koʻtarish)

- Munisbek Davletov (ogʻir atletika, -88 kg, siltab koʻtarish)

- Dilafroʻz Boltaboyeva (dzyudo, -40 kg)

- Abubakr Sattorov (dzyudo, -55 kg)

- Bunyod Rufatov (erkin kurash, -80 kg)

Kumush:

- Alina Kolyucheva (dzyudo, -44 kg)

- Davlat Axrorov (dzyudo, -60 kg)

- Shahobiddin Nurmanov (erkin kurash, -48 kg)

- Shohista Shonazarova (erkin kurash, -43 kg)

- Shahnoza Haydarova (ogʻir atletika, -69 kg, dast koʻtarish)

Bronza:

- Shohjahon Usmonov (dzyudo, -50 kg)

- Zuhra Alimova (dzyudo, -52 kg)

- Abdumalik Jaloldinov (erkin kurash, -55 kg)

- Shohiddin Aliyev (erkin kurash, -65 kg)

- Dilnura Avezova (erkin kurash, -57 kg)

- Muhayyo Rahimjonova (erkin kurash, -69 kg)

Maʼlumot uchun, yakuniga yetib borayotgan III Osiyo yoshlar oʻyinlarining bugungi kunida Oʻzbekiston delegatsiyasi ogʻir atletika, jiu-jitsu, dzyudo, suzish, boks, futzal va gandbol dasturlarida ishtirok etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting