locale OZ

Badminton federatsiyasi Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Olimpiya shaharchasi bilan tanishdi

16-22 sentyabr kunlari Toshkent shahrida badminton bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Badminton federatsiyasi Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Olimpiya shaharchasi bilan tanishdi
Фото: Olympic.uz

Badminton federatsiyasi Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Jassim Kanso Olimpiya shaharchasi bilan tanishdi.

Ma'lumki, joriy yilning 16-22 sentyabr kunlari Toshkent shahrida badminton bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan Xalqaro badminton federatsiyasi Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Jassim Kanso Toshkentga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmon Olimpiya shaharchasi hududida joylashgan sport inshootlari bilan yaqindan tanishdi.

XBF vitse-prezidenti Jassim Kanso O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi asosida bunyod etilgan mazkur zamonaviy majmuada yaratilgan sharoitlar va amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholab, "Olimpiya shaharchasi" o‘zbek sporti rivoji uchun yana bir ulkan poydevor vazifasini o‘tashiga ishonch bildirdi.

Shuningdek, Olimpiya shaharchasi hududida joylashgan Sport vazirligi binosida Sport vaziri o‘rinbosari Avazjon Karimov hamda Xalqaro badminton federatsiyasi Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Jassim Kanso o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda badminton sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish masalalari muhokama qilindi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting