locale OZ

Badiiy gimnastika: Tahmina Ikromova va O‘zbekiston jamoasi medallar uchun kurashadi

Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Badiiy gimnastika: Tahmina Ikromova va O‘zbekiston jamoasi medallar uchun kurashadi
Фото: Olympic.uz

Bugun Germaniyaning Frankfurt shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionati yakunlanadi. Musobaqaning so‘nggi kunida O‘zbekiston vakillari ikki dasturda medallar uchun kurash olib boradi.

Tahmina Ikromova ko‘pkurashning alohida turlari bo‘yicha o‘tkazilgan saralash bahslarida halqadagi mashqini muvaffaqiyatli bajargan holda, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi qizlari guruh mashqining 3 ta halqa va 2 juft bulava dasturida ham finalga yo‘l oldi.

Shu tariqa, jahon chempionatining so‘nggi kunida Tahmina Ikromova hamda guruh mashqidagi qizlarimiz sovrinli o‘rinlar uchun bahs olib boradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting