Azizjon Kamilov Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi muzeyida bo`ldi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bo‘lib, u yerda tashkil etilgan mo‘jaz, lekin sovrinlarga boy muzey bilan yaqindan tanishdi.
Mamlakatimizning eng otaxon sport dargohi salkam 70 yillik tarixga ega va shu kungacha o‘zbek sportiga Olimpiada, jahon va Osiyo chempionlarini yetkazib berib kelmoqda. Markaz direktori Abror Mamadaliyev so‘nggi yillarda qo‘lga kiritilgan yutuqlar haqida gapirib berdi.
Muloqot chog‘ida Azizjon Kamilov va Abror Mamadaliyev markazda tahsil olayotgan dzyudochilar, ularga yaratilgan sharoitlar, musobaqalardagi ishtiroki haqida fikr almashishdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor