Azizjon Kamilov Istanbul Junior European Cup turniriga yo‘l olayotgan yoshlarimiz bilan uchrashdi
2-3 may kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida yoshlar o‘rtasidagi Yevropa Ochiq kubogi bo‘lib o‘tadi.
Istanbul Junior European Cup 2026 turnirida 3 qit’aning 27 davlatidan keladigan 600 nafarga yaqin dzyudochi ishtirok etadi. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining 18 nafar dzyudochisi ushbu nufuzli musobaqada yurtimiz sport sharafini himoya qiladi.
Safar oldidan O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov murabbiylar shtabi va dzyudochilar bilan uchrashdi. Murabbiylar dzyudochilarimizning tayyorgarligi haqida batafsil ma’lumot berishdi.
O`z o`rnida Federatsiya rahbari kuni kecha Germaniyadagi Yevropa Kubogida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallab qaytgan kadetlarimizning muvaffaqiyatli odimini davom ettirishlari kerakligini aytdi.
Istanbulda bo‘lib o‘tadigan turnir yoshlar terma jamoamizning xalqaro maydondagi salohiyatini sinovdan o‘tkazish va o‘zbek dzyudosining yuksak maqomini yana bir bor isbotlash uchun muhim imkoniyat bo‘ladi.