Azizbek Ortiqov Dushanbe Katta dubulgʻa turnirida kumush medalni qoʻlga kiritdi
Tojikiston poytaxtida dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” musobaqasi start oldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Dzyudo Uzbekistan
Tojikiston poytaxtida dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” musobaqasi start oldi. Musobaqaning ilk kunida Oʻzbekiston terma jamoasi 1 ta kumush medalga sazovor boʻldi.
Ushbu medalni -66 kg vazn toifasida kurashgan Azizbek Ortiqov keltirdi. Sportchimiz saralashda Qirgʻiz Respublikasi va Fransiya vakillarini, yarim finalda 2021-yilgi jahon chempioni rossiyalik Yago Abuladzeni magʻlubiyatga uchratdi.
Biroq finalda mezbonlarning birinchi raqamli sportchisi, oʻtgan yilgi jahon chempionatining finalchisi Nurali Emomaliga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan taqdirlandi.