locale OZ

Aziz Mamatov: «Jarohatlar bois ko'p o'yinchilarimizning xizmatidan foydalana olmadik»

Oliy ligada 4-tur uchrashuvlari start oladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Aziz Mamatov: "Jarohatlar bois ko'p o'yinchilarimizning xizmatidan foydalana olmadik"
Фото: Ўзбекистон футзали

Futzal bo'yicha Oliy liga 4-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" – BMB (3:6) uchrashuvidan so'ng jizzaxliklar murabbiyi Aziz Mamatov o'z fikrlarini bildirdi.

"Lokomotiv" yaxshi shakllangan jamoa. Bugungi bahsda jarohatlar bois ko'p o'yinchilarimizning xizmatidan foydalana olmadik. Qolaversa, jamoamiz bosh murabbiyi kecha o'smirlar terma jamoamiz bilan Bahraynga uchib ketdi. Bugungi uchrashuvda yirik hisob qayd etilgan bo'lsa-da, oson o'yin bo'ldi deb o'ylamayman. Oldinda bizni yana bitta qiyin uchrashuv kutib turibdi. Eng yaqin ta'qibchimizga qarshi o'yinda tayyorlanishimiz kerak. Yigitlarga bugungi o'yin uchun minnatdorchilik bildiraman", – deya Mamatovning so'zlaridan keltiradi O'zbekiston futzal federatsiyasi matbuot xizmati.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting