locale OZ

Azamat Nuftillaev Octagon 75 turnirida chempionlik kamari uchun jang qiladi

6 iyul kuni “Humo Arena”dagi markaziy to‘qnashuvda Nuftillaev va Elbaev kuch sinashadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

6 iyul kuni Toshkentdagi “Humo Arena” majmuasida Octagon 75 MMA turniri bo‘lib o‘tadi. Ta’kidlash joizki, musobaqaning asosiy jangida o‘zbekistonlik mashhur jangchi Azamat “Drakon” Nuftillaev rossiyalik Daniyal “T-34” Elbaevga qarshi ringga chiqadi.

Bellashuv og‘ir vazn toifasidagi Octagon Interim (vaqtincha) chempionlik kamari uchun bo‘ladi.

Nuftillaev professional karerasida 18 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, shulardan 16 tasida g‘alaba qozongan, bir marta mag‘lub bo‘lgan va yana bir jang durang bilan yakunlangan. Elbaev esa 12 ta g‘alaba va 5 mag‘lubiyatga ega.

Toshkentlik muxlislar kutayotgan mazkur to‘qnashuv musobaqaning eng yorqin lahzalaridan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting