locale OZ

Aytjan Xalmaxanov 24 yillik tanaffusdan keyin yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik sportchi

U final bahsida koreyalik sportchidan ustun keldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Aytjan Xalmaxanov 24 yillik tanaffusdan keyin yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik sportchi
Фото: Olympic.uz

Xorvatiyaning Zagreb shahrida o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatidan xushxabar. Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Aytjan Xalmaxanov oltin medalni qo‘lga kiritdi.

-63 kg vazn toifasida bahs olib borgan hamyurtimiz hal qiluvchi bellashuvda Janubiy Koreyalik Chung Han-Jaeni mag‘lubiyatga uchratishga erishdi.

Bu so‘nggi 24 yil ichida yunon-rum kurashi bo‘yicha dunyo birinchiligida o‘zbekistonlik atletlarning qo‘lga kiritgan dastlabki oltin medali bo‘ldi. Barakalla, Aytjan!

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqada 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg‘arishga erishdi.

Oltin medal:
-63 kg: Aytjan Xalmaxanov (yunon-rum kurashi)

Kumush medal:
-60 kg: Alisher G‘aniyev (yunon-rum kurashi)

Bronza medal:
-57 kg: G‘ulomjon Abdullayev (erkin kurash)
-65 kg: Umidjon Jalolov (erkin kurash)
-72 kg: Abdullo Aliyev (yunon-rum kurashi)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting