Ayollar o'rtasida \"omnium\" bahslari shuningdek, erkaklar o'rtasida \"scratch\" va \"elemination\" dasturlarida g'olib va sovrindorlar aniqlandi.
Shuningdek, ayollar o'rtasida o'tgan "omnium" bellashuvlarida Nafosat Koziyeva 4-natijani qayd etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: velosport Uzbekistan
Malayziyada velotrek bo'yicha "ASEAN TRACK SERIES" musobaqasining ikkinchi kungi bahslari o'tkazilyapti. Bugun ayollar o'rtasida "omnium" bahslari shuningdek, erkaklar o'rtasida "scratch" va "elemination" dasturlarida g'olib va sovrindorlar aniqlandi.
Quvonarlisi, kechagi "omnium" dasturida birinchi o'rinni egallab, mavsumni oltin medal bilan boshlab bergan Sergey Rostovtsev bu safar ham o'zini ko'rsatdi. Velopoygachimiz "scratch" va "elemination" dasturlarida barcha raqiblarini ortda qoldirib birinchi o'rinni egalladi. Mazkur natija bilan Rostovtsev terma jamoamiz uchun qatorasiga uchta oltin medalni qo'shib qo'ydi.
Shuningdek, ayollar o'rtasida o'tgan "omnium" bellashuvlarida Nafosat Koziyeva 4-natijani qayd etdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor