locale OZ

Ayni kunlarda Oʻzbekiston voleybol federatsiyasining joriy faoliyatiga har tomonlama eʼtibor qaratilmoqda

Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisi Aziz Tashpulatov hamda Sport vaziri oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov uchrashuv oldi ishlar tayyorligi bilan tanishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ayni kunlarda Oʻzbekiston voleybol federatsiyasining joriy faoliyatiga har tomonlama eʼtibor qaratilmoqda
photo: Voleybol Uzbekistan

Ayni kunlarda Oʻzbekiston voleybol federatsiyasining joriy faoliyatiga har tomonlama eʼtibor qaratilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisi Aziz Tashpulatov hamda Sport vaziri oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov uchrashuv oldi ishlar tayyorligi bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida federatsiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, voleybol sport turini yanada rivojlantirishga qaratilgan bir qator dolzarb masalalar, mavjud yutuqlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.

Xususan, yaqinlashib kelayotgan respublika va xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlari, Osiyo voleybol konfederatsiyasi (AVC) prezidenti Ramon Suzaraning rejalashtirilayotgan tashrifining tashkiliy jihatlari muhokama markazida boʻldi. Shuningdek, hududlarda voleybol infratuzilmasini yaxshilash, zamonaviy sport inshootlari barpo etish hamda sportchilar uchun munosib mashgʻulot sharoitlarini yaratish boʻyicha istiqbolli rejalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Tadbir doirasida voleybol bilan shugʻullanayotgan yosh sportchilar bilan bevosita uchrashuv tashkil etilib, ularning jismoniy tayyorgarligi, sportga boʻlgan qiziqishi va kelajakdagi maqsadlari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, yaqin kelajakda musobaqalar oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan sport maydoni koʻzdan kechirilib, uning holatini yanada yaxshilash boʻyicha aniq tavsiyalar berildi.

Uchrashuv davomida federatsiya raisi U19 terma jamoasi aʼzolari, sohil voleyboli sportchilari va murabbiylar — Mixail Kavalenko, Bobur Zayniddinov hamda Shailen Dev Ramdoo bilan suhbatlashdi. Ularga kelgusi musobaqalarda oldilariga aniq va yuksak maqsad qoʻyish, Oʻzbekiston bayrogʻini xalqaro arenalarda aynan voleybol orqali baland koʻtarish zarurligi alohida taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida voleybol sport turini rivojlantirish boʻyicha amaliy takliflar ilgari surildi hamda sohadagi islohotlarni izchil davom ettirish, davlat va jamoat tashkilotlari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish muhimligi taʼkidlab oʻtildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting