locale OZ

Avtomobil va Mototsikl sporti. NAFKU tanlovlar o'tkazadi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Avtomobil va Mototsikl sporti. NAFKU tanlovlar o'tkazadi
PHOTO: Google

2025-yil sentyabr oyida Shri-Lankada butun Osiyo mintaqasidan eng yaxshi avtosportchilarni birlashtiruvchi va ularning xalqaro maydonda qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun mo‘ljallangan nufuzli Asia Pacific Championship 2025 chempionati bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada 25 ta mamlakat vakillari turli sport turlari bo‘yicha medallar uchun kurash olib boradilar.

Chempionat quyidagi sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladi:

Karting Sprint

Karting Endurance

Karting Slalom

Avto Gymkhana

Regularity Rally

E-Sports

Avtokross

Chempionat sanalari: 26, 27, 28-sentyabr

O‘zbekiston Milliy Avtomobil va Mototsikl Federatsiyasi (NAFKU) chempionatda mamlakatimizni himoya qiladigan eng yaxshi pilotlarni tanlash uchun milliy tanlovlar o‘tkazadi.

Tarixga kirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Milliy chempionatlarda qatnashing va o‘z mahoratingizni namoyon eting!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting