Asu Almabayev Ramazon Temirov bilan jang haqida fikr bildirdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com
O‘ta yengil vazn toifasida harakat qilayotgan qozog‘istonlik UFC jangchisi Asu Almabayev bo‘ladigan raqibi — o‘zbekistonlik Ramazon Temirov bilan jang haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
“O‘zbekiston — bizning do‘st xalq. Ramazon bilan shaxsiy adovatimiz yo‘q. Bu jangni men tanlamaganman — UFC menga uni raqib sifatida belgiladi. Bizda tanlash imkoni yo‘q, kimni bersa, shu bilan jang qilamiz. Temirovga qarshi jang faqat sport manfaatlari uchun bo‘ladi. Umid qilamanki, muxlislarga yaxshi to‘qnashuv taqdim etamiz. 26 iyul kuni Abu-Dabida uchrashamiz”, — dedi Almabayev.
Bakradze Iman
Redaktor