locale OZ

Aslamjon Ortiqovning navbatdagi jangi qachon va qayerda bo‘lib o‘tadi?

Boshqa sport turlari
Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Rasm: Olamsport.uz

27 iyun kuni Tailandning Bangkok shahrida muay-tay bo‘yicha ONE Friday Fights 114 turniri o‘tkaziladi. Unda o‘zbekistonlik yosh va istiqbolli sportchi Aslamjon Ortiqov ham ringga ko‘tariladi.

O‘ta engil vazn toifasida harakat qilayotgan Ortiqov ushbu kechada tailandlik Panyapak Jitmuangnongga qarshi jang qiladi. Hozircha har ikki sportchi ONE Championship reytingidan o‘rin olmagan.

Ma’lumot o‘rnida, Aslamjon Ortiqov professional faoliyati davomida 7 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Panyapak esa 9 ta jangda qatnashib, 6 g‘alaba va 3 mag‘lubiyat qayd etgan.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting