Asian Youth Games Bahrain 2025. Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik hakam ishtirok etmoqda
O'zbekiston jamoasi Mangoliyaliklarga qarshi 5-o'rin uchun maydonga tushishadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Voleybol Uzbekistan
“Asian Youth Games Bahrain 2025” doirasidagi voleybol musobaqalarida O‘zbekiston nomi nafaqat maydonda, balki hakamlar safida ham faxr bilan yangramoqda!
Osiyoning 24 nafar eng tajribali hakami orasidan o‘zbekistonlik hakam Alimov Farhod Sharibovich tanlanib, Tailand va Indoneziya o‘rtasidagi bronza medali uchun uchrashuvda bosh hakam sifatida o‘yinni boshqaradi.
Bundan tashqari, u final uchrashuvida ham challenge hakami sifatida ishtirok etadi — bu esa O‘zbekiston voleyboli uchun katta e’tirof va faxrdir!
Eslatib oʻtamiz, terma jamoamiz yigitlari Mangoliyaliklarga qarshi 5-o'rin uchun maydonga tushishadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor