Asian Grand Prix 2026” — O‘zbekistonning MICE-turizmi rivojida yana bir muhim qadam
23–29 mart kunlari poytaxtimiz Toshkent shahrida International Backgammon Federation (IBF) tomonidan tashkil etilgan “Asian Grand Prix 2026” xalqaro turniri nafaqat sport musobaqasi, balki mamlakatimizda MICE-turizmini rivojlantirishda muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Mazkur nufuzli tadbirda O‘zbekiston Belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Dastirov Ravshan Xudaybeganovich ham oliy mehmonlar qatorida ishtirok etdi. U kishining ushbu xalqaro maydondagi ishtiroki sport turlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, milliy sportimiz nufuzini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
Bunday yirik xalqaro tadbirlar O‘zbekistonning nafaqat sport salohiyatini, balki ishbilarmonlik va turizm yo‘nalishidagi imkoniyatlarini ham keng namoyish etadi. Ayniqsa, MICE (Meetings, Incentives, Conferences, Exhibitions) turizmi rivoji uchun bunday musobaqalar muhim platforma vazifasini bajaradi.