Asia auto gymkhana championship 2026 yana O'zbekistonda
Asia auto gymkhana championship 2026 yana O'zbekistonda.
32 nafar pilot. 8 ta davlat. Bitta trassa. G‘olibni soniyaning ulushlari hal qiladigan kurash.
Joriy yilning 5–6-sentabr kunlari Toshkent yana Osiyo avtosportining markaziga aylanadi — O‘zbekiston Asia Auto Gymkhana Championship 2026 musobaqasining 2-bosqichiga (Round 2) mezbonlik qiladi!
Bu bosqich mamlakatimiz uchun alohida ahamiyatga ega: O‘zbekiston Asia Auto Gymkhana Championship musobaqasini ikkinchi bor qabul qilmoqda va yana bir maydonda mintaqaning kuchli vakillarini jamlamoqda.
Toshkentga 8 ta davlatdan sportchilar tashrif buyuradi:
O‘zbekiston
Gonkong
Tayvan
Qozog‘iston
Qirg‘iziston
Avstraliya
Hindiston
Malayziya
BIR XIL AVTOMOBILLAR — MAHORAT HAL QILADI
Chempionatning o‘ziga xos jihatlaridan biri — barcha ishtirokchilar uchun teng texnik sharoit yaratilishidir.
UzAuto ko‘magida sportchilarga Chevrolet Onix avtomobillari taqdim etiladi va aynan ushbu avtomobillarda bosqichning eng yaxshi natijalari uchun kurash kechadi.
Reglamentga muvofiq, ishtirokchilar standart, avtomatik transmissiyali Chevrolet Onix avtomobillarida qatnashadilar, avtomobillar esa turli sessiyalarda pilotlar o‘rtasida taqsimlanadi.
Bir xil texnika — turli pilotlar.
Bu yerda mahorat, aniqlik, tezkor reaksiya, avtomobilni his qilish va birorta ham xatoga yo‘l qo‘ymasdan trassani imkoniyatlar chegarasida bosib o‘tish qobiliyati hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Male Solo
Female Solo
Male Double
Female Double
Mixed Double
O‘ZBEKISTON YANA OSIYONI QARSHI OLMOQDA
Asia Auto Gymkhana Championship musobaqasiga ikkinchi bor mezbonlik qilish — O‘zbekistonda avtomobil sportini rivojlantirish va mamlakatimizning xalqaro avtosport maydonidagi mavqeini yanada mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamdir.
Oldinda — ikki kunlik aniqlik, jo‘shqin hissiyotlar va xalqaro kurash.