locale OZ

Asia Auto Gymkhana Championship 2025. O‘zbekiston avtosport terma jamoasi ajoyib natijaga erishib, darhol ikki podiumni qo‘lga kiritdi

Hindistonda Asia Auto Gymkhana Championship 2025 musobaqasining uchinchi bosqichi yakunlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Asia Auto Gymkhana Championship 2025. O‘zbekiston avtosport terma jamoasi ajoyib natijaga erishib, darhol ikki podiumni qo‘lga kiritdi
photo: Autosport Uzbekistan

Hindistonda Asia Auto Gymkhana Championship 2025 musobaqasining uchinchi bosqichi yakunlandi. O‘zbekiston avtosport terma jamoasi ajoyib natijaga erishib, darhol ikki podiumni qo‘lga kiritdi!

Male-Double yo‘nalishida
Dilshod Yusupov va Alim Ahmadjanov bronza medalini qo‘lga kiritdilar.

Mixed Double yo‘nalishida esa
Dilshod Yusupov va Sabina Yusupova kumush medalni qo‘lga kiritib, podiumning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarildilar.

Bu – jamoamizning ishonchli chiqishi va ajoyib natijasidir. O‘zbekiston yana Osiyoning eng kuchli jamoalari qatorida.

Uch bosqich yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston 13 ta Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi mamlakatlar orasida 43 ochko to‘plab, umumiy reytingda 4-o‘rinni egallab turibdi.

Oldinda yana ikki hal qiluvchi bosqich – Tayvan va final bosqichi Toshkentda! 🇹🇼🇺🇿
Chempionlik uchun kurash davom etmoqda, eng muhim poygalar hali oldinda!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting