locale OZ

Arman Tsarukyan Maxachevning navbatdagi raqibi kim bo'lishi kerakligini aytdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arman Tsarukyan Maxachevning navbatdagi raqibi kim bo'lishi kerakligini aytdi
FOTO: Getty Images

Yengil vazn toifasida UFC jangchisi Arman Tsarukyan o'z divizionidagi jangchilar haqida gapirdi.

“Hozir men chempionlik poygasidan chiqqanman, chunki jarohat olganman, mening navbatim o'tib ketdi. Lekin chempionlik uchun kurash imkoniyati berilsa, men kurashishga tayyorman.

Agar Maxachev boshqa vaznga o'tsa, unda jang qiladigan raqib bo'ladi. Katta ehtimol bilan u Topuriya bo'ladi. Topuriyadan keyin esa men bilan jang qiladi, agar yo'q desa, boshqa jangchi bilan jang qiladi”, - deydi Tsarukyan.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning fevral oyida bo'lib o'tgan UFC 311 turnirida Tsarukyan Islam Maxachevga qarshi jang qilishi kerak edi. Biroq belidan olgan jarohati sabab turnirni tark etgandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting