locale OZ

Anvar Xoljo’rayev: \"Sport insonlarni birlashtiradi\"

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Anvar Xoljo’rayev: "Sport insonlarni birlashtiradi"
PHOTO: Telegram

“Ohangaron” jamoasi bosh murabbiyi Anvar Xoljo’rayevning final uchrashuvidan keyin musobaqa haqida o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi.

“Ulug' bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur shahrida futzal bo'yicha O'zbekiston kubogi musobaqasi bo'lib o'tdi. Bu turnir nihoyatda qiziqarli, kurashlarga, hissiyotlarga boy tarzda hayajonli o'tdi. Farg'ona, Namangan, Andijonning kuchli klublari yig'ilgan edi, lekin ushbu kurashda Qoraqalpog'iston Respublikasi finalda bizni yutib birinchi o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa, biz ikkinchi o'rinni oldik.

Kichkina Ohangaron shahridan kelib, kuchli futzalchilarga qarshi o'yadik va ikkinchi o'rinni olganimizdan g'ururlanamiz. Yoshlarimizni sportga qiziqqanligini isbotini ushbu chempionatda ko'rdik. Sport do'stlikni oshiradi va insonlarni yaqinlashtiradi. Keyingi musobaqalarda ham qatnashishga harakat qilamiz. Turnir shaffof ha chiroyli o'tkazildi. Hakamlar va tashkilotchilarga rahmat”,-deydi mutaxssis

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting