Anvar Anvarov “Brilliant liga”da g‘alaba qozondi
O‘zbekistonlik sportchi Lozannadagi bosqichda oltin medalga sazovor bo‘ldi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz
Shveytsariyaning Lozanna shahrida yengil atletika bo‘yicha nufuzli “Brilliant liga” musobaqasining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtimiz Anvar Anvarov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbek sportchisi uzunlikka sakrash bahslarida 7,84 metr natija ko‘rsatib, barcha raqiblarini ortda qoldirdi. Ikkinchi o‘rinni mezbon sportchi Simon Ekzammer (7,72 m) egalladi. Yamaykalik 2019 yilgi jahon chempioni Tejej Geil (7,71 m) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa, Anvar Anvarov Safina Sadullaeva’dan keyin “Brilliant liga” bosqichlarida g‘alaba qozongan ikkinchi o‘zbekistonlik atlet sifatida tarixga kirdi.
Bakradze Iman
Redaktor