locale OZ

Anish Giri: Bu turnirni yutish oson emas. Hatto Magnus Karlsen ham chiqib ketgan

Tur yakunlangach, yurtdoshimizning bugungi raqibi Anish Giri o‘z chiqishiga ham, Javohir Sindarovning g‘alabasiga ham baho berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Anish Giri: Bu turnirni yutish oson emas. Hatto Magnus Karlsen ham chiqib ketgan
photo: Chess Uzbekistan

Tur yakunlangach, yurtdoshimizning bugungi raqibi Anish Giri o‘z chiqishiga ham, Javohir Sindarovning g‘alabasiga ham baho berdi.

— “Albatta, jadvalda yetakchilikka biroz yaqinroq bo‘lishni xohlardim. O‘yinlar yomon o‘tmadi, lekin ayrim vaziyatlarda ustunlikni oxirigacha olib bora olmadim.

Odatda bunday turnirlar oxirigacha teng kurash bilan o‘tadi, deb o‘ylaysan. Bu safar esa boshqacha bo‘ldi. Bir o‘yinchi ajralib chiqdi va hammaga qiyin bo‘ldi. Men ham turnirni yaxshi boshlay olmadim.

Ochig‘ini aytsam, mening ham yetarlicha imkoniyatlarim bo‘ldi. Lekin Javohirda ular ko‘proq edi."

Giri Sindarov haqida alohida to‘xtaldi:

— “Hozir u qanday yutishni juda yaxshi bilayotgandek. Balki undan nimanidir o‘rganishim ham kerakdir.

Bundan tashqari, u juda tez o‘ylaydi, variantlarni juda aniq hisoblaydi. Hujumda ham, himoyada ham juda ishonchli ko'rinadi. Hozirgi formasi bilan u eng kuchlilardan biri bo‘lib turibdi.”

Giri bu natijalarni hozirgi tayyorgarlik holati bilan bog‘ladi:

— “Aslida hammasi qanday formadaligingga bog‘liq. Agar boshqa kimdir, masalan Fabiano Karuana yutganida ham xuddi shunday gaplar aytilardi.

Masalan, Gukesh Dommaraju yutgan paytda ham uni eng kuchli deyishgandi. Hozir esa bu sifat Sindarov tomonda.”

Yosh avlod haqida esa u shunday dedi:

— “Hozirgi yoshlar juda jasurlik bilan o‘ynaydi. Masalan, men hatto eng yaxshi tayyorgarlik holatida bo'lganimda ham bunday turnirda bunchalik ko‘p g‘alaba qozonishim qiyin.

Shuning uchun ham, masalan, Gukesh bilan Sindarov o‘rtasidagi matchda hammasini aynan forma hal qiladi.”

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting