Anhor kanalida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Ko‘pkurash kubogining II bosqichi bo‘lib o‘tdi
Eslatib o‘tamiz, Ko‘pkurash kubogining III bosqichi yanvar oyining birinchi haftasidagi birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Akademik eshkak eshish
Bugun poytaxtimizdagi Anhor kanalida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Ko‘pkurash kubogining II bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu startda turli yosh toifasidagi o‘smir qizlar va o‘g‘il bolalar o‘zaro bahs olib bordilar. Masofa kichik emas — 4 kilometr. Bu esa sportchilarning mahoratini sinovdan o‘tkazishga hamda kuchlilarni aniqlashga yordam berdi.
Sportchilar orasida nafaqat O‘zbekiston va Osiyo chempionlari, balki ilk marotaba startga chiqqan baydarka va kanoechilar ham bor edi.
Eslatib o‘tamiz, Ko‘pkurash kubogining III bosqichi yanvar oyining birinchi haftasidagi birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor