Angrenda zamonaviy workout maydonchasi foydalanishga topshirildi
Zarnigora Yo‘ldoshevaning yutug‘i mahalla infratuzilmasini rivojlantirishga turtki bo‘ldi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz
2024 yilda “Besh tashabbus” Olimpiadasi doirasida sportning kurash yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan Respublika bosqichida Toshkent viloyatining Angren shahridagi Obliq mahallasi vakili Zarnigora Yo‘ldosheva sharafli 2-o‘rinni egallagan edi. Ushbu yutuq tufayli Sport vazirligi tashabbusi bilan Obliq mahallada zamonaviy workout maydonchasi barpo etildi.
Shu munosabat bilan Angren shahridagi 29-sonli umumta’lim maktabi hududida qurib bitkazilgan sport maydonchasi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Tadbirda shahar hokimligi vakillari, sport maktablari, ta’lim muassasalari xodimlari hamda jamoatchilik a’zolari ishtirok etib, yosh sportchilarga o‘z tabrik va tilaklarini izhor etishdi.
Bakradze Iman
Redaktor