Angrenda sprinterlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi
Sergey Dementyev ishtirokidagi tadbirda turli hududlardan kelgan murabbiylar tajriba almashishdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz
Toshkent viloyatining Angren shahrida joylashgan “Dukent” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida yengil atletika bo‘yicha “Qisqa masofaga yugurish texnikasi” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etildi va unda xorijlik mutaxassis — Sergey Dementyev mahorat darsi o‘tkazdi.
Seminarda mamlakatning turli hududlaridan kelgan murabbiylar qatnashib, sprinterlarni tayyorlashning zamonaviy yondashuvlari va samarali uslublari bilan yaqindan tanishishdi.
Bakradze Iman
Redaktor