locale OZ

Andijonda yoshlar uchun zamonaviy sport maydonchasi foydalanishga topshirildi

Mazkur sport maydonchasida mingdan ortiq yoshlar shug‘ullanishi mumkin.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andijonda yoshlar uchun zamonaviy sport maydonchasi foydalanishga topshirildi
Фото: Спорт вазирлиги

Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumani Guliston mahallasida joylashgan 23-son davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi hududida zamonaviy universal sport maydonchasi barpo etildi.

Xususan, Sport vazirligi tomonidan hududlarda olib borilgan o‘rganishlar, mahallalarda faollar va yoshlar bilan o‘tkazilgan suhbatlar jarayonida aholi taklif va murojaatlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu asosda, Guliston mahallasi yoshlarining istaklari inobatga olinib barpo etilgan mazkur sport maydonchasi mingdan ortiq yoshlar uchun sport bilan muntazam shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish imkonini yaratadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting