Andijonda voleybol sport turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bahslariga start berildi
Bellashuvlar joriy yilning 17-noyabr kuniga qadar davom etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Andijon davlat tibbiyot institutida U-21 yoshlar (qizlar) o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati musobaqasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan saralangan, eng iqtidorli voleybolchi qizlar ishtirok etib, chempionlik uchun murosasiz kurash olib bormoqda.
Musobaqa yosh sportchilarga tajriba orttirish, mahoratini yanada oshirish hamda milliy terma jamoa uchun munosib nomzodlarni saralash imkonini beradi.
Bellashuvlar joriy yilning 17-noyabr kuniga qadar davom etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist