locale OZ

Andijonda «Vazir kubogi» doirasida qizlar o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi

Jamoalarga medal, diplom va esdalik sovg‘alarini tantanali ravishda topshirdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andijonda «Vazir kubogi» doirasida qizlar o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi
Фото: Андижон спорт бошқармаси

Marhamat tumani Markaziy o‘yingohida “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” doirasida 7–11-sinf o‘quvchi-qizlari o‘rtasida futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa o‘quvchi-qizlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va qizlar sportini rivojlantirish maqsadida yuqori saviyada tashkil etildi. Bellashuvlarda tuman umumta’lim maktablaridan tuzilgan jamoalar ishtirok etib, qiziqarli va murosasiz o‘yinlar namoyish etdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra:

1-o‘rin — 72-IDUM jamoasi

2-o‘rin — 39-umumta’lim maktabi

3-o‘rin — 13-umumta’lim maktabi jamoasi

G‘olib va sovrindor jamoalarni taqdirlash marosimida jamoalarga medal, diplom va esdalik sovg‘alarini tantanali ravishda topshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting