Andijonda “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasi bo‘lib o‘tdi
200 million so‘mlik sovrin jamg‘armasi uchun 150 nafardan ziyod dzyudochi kurash olib bordi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz
Andijonda dzyudo bo‘yicha “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasining navbatdagi bosqich bellashuvlari o‘tkazildi. Sovrin jamg‘armasi 200 million so‘mni tashkil etgan ushbu musobaqada 150 nafarga yaqin polvon g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
Musobaqa yakunida Artyom Shturbabin (-66 kg), Behruz Xomidov (-81 kg), Sharofiddin Boltaboyev (-90 kg) va Shohruh Baxtiyorov (+100 kg) o‘z vazn toifalarida g‘alaba qozonishdi.
Ushbu turnir orqali milliy terma jamoa murabbiylar shtabi asosiy tarkib vakillari bilan bir qatorda zaxira sportchilarining ham joriy holatini baholab olish imkoniga ega bo‘ldi.
Bakradze Iman
Redaktor