Andijonda aravachada qilichbozlik bo‘yicha mamlakat kubogi o‘tkazildi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram
23-27 aprel kunlari Andijon shahrida aravachada qilichbozlik bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi.
Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 150 nafarga yaqin mahoratli qilichbozlar sablya, shpaga hamda rapira yo‘nalishlarida o‘zaro bahs olib borishdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra umumjamoa hisobida Andijon viloyati birinchi o‘rinni egallagan bo'lsa, musobaqaning kuchli uchligidan Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda Farg‘ona viloyatlari joy oldi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor