Andijon tumanida voleybol bo‘yicha Besh tashabbus musobaqasi o‘tkazildi
9–11-sinf o‘quvchilari o‘zaro kuch sinashib, jismoniy tayyorgarligi va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqini namoyon etdilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Voleybol Uzbekistan
Andijon tumanidagi 29-IDUMda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida maktab o‘quvchilari o‘rtasida voleybol bo‘yicha tuman bosqichi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada 9–11-sinf o‘quvchilari o‘zaro kuch sinashib, jismoniy tayyorgarligi va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqini namoyon etdilar.
Natijaga ko‘ra, 17-maktab jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichida Andijon tumani sharafini himoya qilish huquqini oldi.
Eng so'nggi xabar va yangiliklarni sports24.uz sayti orqali kuzatib boring.
Ibrohim Jalolov
Redaktor