Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi o‘quvchi-sportchilari qishki attestatsiyadan o‘tkazilmoqda
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FOTO: Olympic.uz
Mazkur attestatsiya jarayonlari sportchilarning jismoniy, texnik hamda taktik tayyorgarlik jarayonlari darajasini aniqlash, o‘quv mashg‘ulotlar samaradorligini baholash va kelgusidagi tayyorgarlik rejalarini belgilashga qaratilgan.
Attestatsiya davomida sportchi-o‘quvchilarning mavsum davomida erishgan natijalari, intizomi va mashg‘ulotlardagi faolligi ham inobatga olinmoqda.
Jarayonlar belgilangan me’yoriy talablar asosida, tajribali va malakali mutaxassislar ishtirokida tashkil etildi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist