locale OZ

Andijon jamoasi O‘zbekiston chempionatida umumjamoa hisobida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Musobaqada Respublikaning turli hududlaridan eng kuchli sportchilar ishtirok etdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andijon jamoasi O‘zbekiston chempionatida umumjamoa hisobida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi
Фото: Андижон спорт бошқармаси

12–14 mart kunlari Toshkent shahrida zamonaviy beshkurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada Respublikaning turli hududlaridan eng kuchli sportchilar ishtirok etdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Andijon shahar 2-sonli sport maktabi jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, 3 ta oltin, 3 ta kumush hamda 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Mazkur natijalar jamoaga umumjamoa hisobida faxrli 1-o‘rinni egallash imkonini berdi.

Andijonlik sportchilarning ushbu yutug‘i viloyatda zamonaviy beshkurash sport turini rivojlantirish, yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularni yuqori natijalarga ruhlantirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning samarasi ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting