Anderson Silva Chimayevga kim munosib raqib boʻlishini aytdi
Hamzat soʻnggi janggida dyu Plessini magʻlub etib, oʻrta vazn toifasi chempioniga aylangandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FOTO: Getty Images
UFC sobiq chempioni, braziliyalik Anderson Silva vatandoshi Aleks Pereyra amaldagi o‘rta vazn (84 kg gacha) chempioni Hamzat Chimayevga munosib raqib bo‘la olishini aytdi.
«Hamzat — haqiqiy yirtqich, ajoyib jangchi. Ammo agar Pereyra Chimayev bilan oktagonda to‘qnash kelsa, men Aleksga pul tikkan bo‘lardim», — dedi Silva The Schmo YouTube-kanaliga bergan intervyusida.
Pereyra o‘zining so‘nggi jangini oktyabr oyida UFC 320 turnirida o‘tkazib, rossiyalik Magomed Ankalaevni texnik nokaut orqali mag‘lub etdi va yarimog‘ir vazn (93 kg gacha) chempionlik kamarini qaytarib oldi.
Hamzat Chimayev esa UFC 319 turnirida janubiy afrikalik Drikus du Plessini hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etib, o‘rta vazn chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist