And New! Jek Della Maddalena Bilol Muhammadni mag'lub etib, yarim o'rta vazn toifasida yangi chempionga aylandi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FОТО: USA Today
10-maydan 11-mayga o'tar kechasi Kanadaning Monreal shahrida UFC 315 turniri bo'lib o'tdi.
Oqshomning asosiy janggida yengil vazn toifasi chempioni Bilol Muhammad va da'vogar Jek Della Maddalena o'zaro to'qnash keldi.
Jang to'liq besh raund davom etdi va yakunda Maddalena hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozonib, yarim o'rta vazn toifasida yangi chempionga aylandi.
Ma'lumot uchun, bu mag'lubiyat Bilol Muhammad uchun uchinchisi bo'ldi. Uning hisobida, shuningdek, 24 ta g'alaba ham mavjud. Maddalena esa 19 bor jang o'tkazib, ularning 17 tasida g'alaba qozongan, ikkitasida esa mag'lubiyatga uchragan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist