locale OZ

Almaty Cadet and Junior Asian Cup 2026 turniriga qur’a tashlandi

9-12 iyun kunlari Qozog‘istonning Almati shahrida o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Beket Maxmutov xotirasiga bag‘ishlangan Osiyo Kubogi bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Almaty Cadet and Junior Asian Cup 2026 turniriga qur’a tashlandi
photo: Judo Uzbekistan

9-12 iyun kunlari Qozog‘istonning Almati shahrida o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Beket Maxmutov xotirasiga bag‘ishlangan Osiyo Kubogi bo‘lib o‘tadi.

An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan musobaqada O‘zbekiston, Avstraliya, Hindiston, Xitoy Taypeyi, Eron, AQSH, Koreya Respublikasi, Mo‘g‘uliston, Rossiya, Qirg‘iz Respublikasi singari jami 12 davlatdan kelgan 500 nafardan ziyod dzyudochi medallar yo‘lida tatamiga chiqadi.

Musobaqa Baluan Sholak nomidagi sport saroyida bo‘lib o‘tadi va mintaqadagi yosh dzyudochilar uchun yirik xalqaro musobaqalardan biriga aylanadi.

Ertaga Osiyo Kubogining ilk kuni kadetlar bahslarga kirishadi. O‘smirlar -50, -55, -60, -66 kg, qizlar esa -40, -44, -48, -52 kg vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting