Alisher Gʻaniyev jahon chempionati finalida, Abdullo Aliyev bronza medali uchun kurashadi
Zagreb shahrida bo‘lib o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatining navbatdagi kunida O‘zbekiston terma jamoasining 5 nafar a’zosi ishtirok etadi.
Yunon-rum kurashi bo‘yicha saralash bosqichida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan Alisher Gʻaniyev (-60 kg) oltin medal uchun qozog‘istonlik Aidos Sultangali bilan bahs olib boradi, yarim finalda imkoniyatni boy bergan Abdullo Aliyev (-72 kg) esa bronza medali uchun gilamga chiqadi.
Uning bu bosqichdagi raqibi kechki dasturda aniqlanadi. Shuningdek, yana 3 nafar sportchimiz bugun saralash bellashuvlarida qatnashadi.
Saralash bosqichi:
-63 kg: Aytjan Xalmaxanov – Nikolay Vichev (Bolgariya) / Oleksandr Xrushin (Ukraina)
-67 kg: Shermuhammad Sharibjonov – Man Son (KXDR)
-87 kg: Muhammadqodir Rasulov – Marsel Sterkenburg (Niderlandiya)