locale OZ

Alibi Idris Furqatbek Yo‘qubovga chopon sovg‘a qildi

TUF 33 shousidagi jangdan so‘ng qozog‘istonlik sportchi o‘zbekistonlik raqibini hurmat bilan taqdirladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

O‘zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Furqatbek Yo‘qubov The Ultimate Fighter 33 (TUF 33) realiti-shousida ishtirok etdi. U sobiq UFC chempioni Cheyl Sonnenning jamoasi tarkibida jang qildi.

Shou doirasida Yo‘qubov Daniel Korme klubi nomidan chiqish qilgan qozog‘istonlik Alibi Idrisga qarshi bahs olib bordi. Jang ochkolar hisobiga ko‘ra Alibi Idris g‘alabasi bilan yakunlandi.

Bellashuvdan so‘ng Idris o‘zbekistonlik sportchiga hurmat yuzasidan qozok milliy choponini sovg‘a qildi. Ushbu ehtiromli hodisani aks ettirgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting