locale OZ

Aleksandr Usik Tayson Fyuri bilan uchinchi jangga tayyor: muammo yo‘q, men tayyorman

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Aleksandr Usik Tayson Fyuri bilan uchinchi jangga tayyor: muammo yo‘q, men tayyorman
Aleksandr Usik Tayson Fyuri bilan uchinchi jangga tayyor: muammo yo‘q, men tayyorman

WBC, WBA, IBO, The Ring va WBO versiyalari bo‘yicha super og‘ir vazn toifasida jahon chempioni, mag‘lubiyatsiz ukrainalik Aleksandr Usik sobiq raqibi — Britaniya chempioni Tayson Fyuri bilan uchinchi jang haqidagi chaqiruvga javob berdi.

«Agar Tayson Fyuri faoliyatini qayta tiklasa, ehtimol, yana bir jang o‘tkazamiz. Muammo yo‘q, men tayyorman — “Uembli”da ham, “Old Trafford”da ham», — dedi Usik talkSPORT nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Usik va Fyuri ikki marta ringda to‘qnash kelishgan. Birinchi jang 18-may kuni bo‘lib o‘tgan va unda Usik hakamlar qarorining ko‘pchilik ovozi bilan g‘alaba qozongan. Qayta jang 22-dekabrda bo‘lib o‘tdi va bu safar ukrainalik yakdil qaror bilan g‘olib bo‘ldi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting