locale OZ

Aleks Pereyra bir shart bilan ogʻir vaznga oʻtishini maʼlum qildi

38 yoshli jangchi yarimog'ir vaznda amaldagi chempion hisoblanadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Aleks Pereyra bir shart bilan ogʻir vaznga oʻtishini maʼlum qildi
FOTO: Getty Images

Yarimog'ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Aleks Pereira og‘ir vaznga o‘tishga tayyorligini ma’lum qildi. Braziliyalik jangchi afsonaviy Jon Jons bilan jang qilish va UFC tarixida uchinchi chempionlik kamarini qo‘lga kiritish niyatida.

«Men UFCga o‘z istagimni aytdim — Jon Jons bilan Oq uyda jang qilishni xohlayman. Shuningdek, og‘ir vaznda uchinchi kamar uchun jang variantini ham tilga oldim. Lekin bu qanday bo‘lishini bilmayman, barchasi mening qo‘limda emas», — deydi Pereyra.

Eslatib o‘tamiz, 38 yoshli Pereyra professional rekordida 13 ta g‘alabaga ega, ulardan 11 tasi muddatidan avval yakunlangan. Uning hisobida 3 ta mag‘lubiyat ham bor.

Eslatib oʻtamiz, UFCning Oq uyda o‘tadigan turniri 2026 yil 14 iyunga belgilangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting