Akademik eshkak eshuvchilarimiz navbatdagi xalqaro musobaqada ishtirok etishmoqda
Vyetnamning Xayfon shahridagi Qit’a birinchiligida Osiyoning eng kuchli jamolalari - Hindiston, Gonkong (Xitoy), Tayvan (Xitoy), Yaponiya, Janubiy Koreya, Filippin, KXDR, Eron, Iroq, Quvayt, Tailand, Saudiya Arabistoni, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Malayziya, Indoneziya, Singapur va mezbon mamlakat Vetnam jami 18 ta mamlakat va hududlardan 232 nafar sportchi (135 erkak, 97 ayol) ishtirok etmoqda.
Joriy yilda O‘zbekiston sharfini turli xalqaro startlarda himoya qilgan akademik eshkak eshuvchilarimiz yakkalik, juftlik, to‘rtlik, sakkiztalik ekipajlarda chiqish qilishadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibi:
Shahzod Nurmatov
Shahriyor Hamdamov
Obid Jo‘raqulov
Sobir Safaroliyev
Ozod Mamatov
Jamol Turgunov
Bobur Muhiddinov
Shahboz Xolmurzayev
Dilshod Xudoyberdiyev
Fazliddin Karimov
Mexroj Mamatqulov
Shehroz Hakimov
Daler Ashurov
Anvar Karimov
Muhammadali Jo‘raqulov
Firdavs Mahkamov
Alisher Turdiyev
Davrjon Davronov
Shuhrat Shodiyev
Anna Prakaten
Malika Tagmatova
Rayhon Sattorova
Aydana Smetullayeva
Murabbiylar:
Farruh Astonov
Farruh Oblakulov
Tolib Isaboyev
Sergey Tyan