Akademik eshkak eshuvchilarimiz jahon chempionatida qatnashishmoqda
Musobaqaga Xitoy mezbonlik qilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Olympic.uz
Xitoyning Shanxay shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun O‘zbekiston terma jamoasi mazkur dunyo birinchiligidagi ishtirokini boshladi.
M4- dasturida qatnashgan yigitlarimiz saralashda 6:02.37 daqiqa vaqt bilan yarim final ishtirokchilari qatoridan joy olishdi. Endi ular 24-sentabr kuni asosiy final yo‘llanmasi uchun startga chiqishadi.
Anna Prakaten va Malika Tagmatova esa juftlik dasturida 7:00.58 daqiqa bilan o‘z guruhlarida uchinchi natijani qayd etishdi. Biroq bu ularga “A” finaliga yo‘l olish uchun yetarli bo‘lmadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist