locale OZ

Aida Xasanova xotirasiga bag‘ishlangan qilichbozlik turnirida rapira yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Aida Xasanova xotirasiga bag‘ishlangan qilichbozlik turnirida rapira yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi
PHOTO: Telegram

28 may kuni Toshkentda O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasining sobiq bosh hakami, xalqaro darajadagi referi Aida Xasanova xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan nufuzli turnir doirasida rapira yo‘nalishida yakkalik bahsi o’tkazildi.

Ahamiyatli jixati ushbu musobaqa O‘zbekiston hamda jahon qilichbozligi tarixida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Aida Xasanovaning sport sohasidagi xizmati va fidoyiligi xotirasini e’zozlashga qaratilgan bo‘lib, yosh sportchilarga ilhom manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.


Yakuniy natijalar;
O‘g‘il bolalar:
1-o‘rin — Ibragimov Akmal (Toshkent)
2-o‘rin — Salak Roman (Toshkent)
3-o‘rin — Tulkinov Muhammadkodir (Toshkent)
3-o‘rin — Estey Mansur (Qozog‘iston)

Qiz bolalar:
1-o‘rin — Karimova Asal (Toshkent)
2-o‘rin — Kildieeva Aneliya (Toshkent)
3-o‘rin — Adashaliyeva Sabina (Toshkent)
3-o‘rin — Tashimova Rayana (National club)

Ertaga rapira bo’yicha jamoaviy bahs bo’lib o’tadi

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting