Ahad Yusupov — «Lochin» futzal klubining bosh murabbiyi
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
ФОТО: Lochin Futzal Klubi
«Lochin» futzal klubi jamoamiz bosh murabbiyi etib 51 yoshli tajribali va malakali mutaxassis Ahad Yusupov tayinlanganini mamnuniyat bilan ma’lum qiladi
Ahad Yusupov faoliyati davomida Toshkentning «Lokomotiv» klubida ishlagan va jamoa bilan O‘zbekiston Kubogi sohibiga aylangan. Shuningdek, mutaxassis murabbiy sifatida 2013/14-yilgi mavsumda O‘zbekiston chempioni bo‘lgan.
“Klub nomidan Ahadjon Ahmadjonovichga yangi jamoasidagi faoliyatida muvaffaqiyat, mustahkam iroda va «Lochin» bilan katta g‘alabalar tilaymiz”, - deyiladi klub xabarida.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist