Afruza Hamdamova rapid bo'yicha jahon chempioni
14–21 aprel kunlari Serbiyaning Vrniachka-Banya shahrida 8–18 yosh toifalari o‘rtasida rapid va blits yo‘nalishlarida yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Rapid bahslari yakuniga ko‘ra:
18 yoshgacha qizlar o‘rtasida Afruza Hamdamova 8,5 ochko bilan jahon chempioni bo‘ldi!
U musobaqa davomida ishonchli va barqaror o‘yini bilan ajralib turdi.
3-o'rin. 12 yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida Islombek Husanov bronza medalini qo‘lga kiritdi.
2-o'rin. Shuningdek, Xusnoraxon Xusnitdinova blits yo‘nalishida masalalar yechish bo‘yicha jahon chempionatida kumush medal sohibasiga aylandi.
Blits yo‘nalishida yurtdoshlarimizning natijalari
18 yoshgacha o‘g‘il bolalar:
1-o'rin. Muhammadzohid Suyarov — 5,5 ochko (1-o‘rin)
4-o'rin. Asrorbek Omonov — 4 ochko (4-o‘rin)
6-o'rin. Akbarali Abduhakimov — 3 ochko (6-o‘rin)
16 yoshgacha o‘g‘il bolalar:
2-o'rin. Humoyun Begmuratov — 5 ochko (2-o‘rin)
10 yoshgacha qizlar:
2-o'rin. Farzonabonu Bozorova — 2,5 ochko (2-o‘rin)
16 yoshgacha qizlar:
2-o'rin. Nilufarxon Imomkuzieva — 4 ochko (2-o‘rin)
18 yoshgacha qizlar:
2-o'rin. Afruza Hamdamova — 4,5 ochko ( 2-o‘rin)