locale OZ

Afg'onistonda shaxmat rasman ta'qiqlandi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Afg'onistonda shaxmat rasman ta'qiqlandi
FOТО: Reddit.com

Afg‘oniston hukumati mamlakatda shaxmat sport turini rasman taqiqladi. “Tolibon” bu o‘yinni man etib, mamlakat shaxmat federatsiyasini yopishga qaror qildi. Bu haqda Sports.ru nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, mazkur farmonni Afg‘oniston amiri shaxsan imzolagan, tashabbus esa Ezgu ishlarni targ‘ib qilish va yovuzlikning oldini olish vazirligi tomonidan ilgari surilgan.

9-may kuni afg‘onistonlik shaxmatchilar mamlakatdagi Sport va jismoniy tarbiya bo‘yicha departamentga murojaat qilib, shaxmat o‘ynashga ruxsat berishni, shuningdek, to‘garaklar va musobaqalar tashkil etish uchun moliyaviy yordam ajratishni so‘rashdi. Biroq “Tolibon” hokimiyati tomonidan tuzilgan departament vakillari bu sport turi amir farmoni bilan “harom” deb topilgani va Afg‘oniston shaxmat federatsiyasi faoliyati butunlay to‘xtatilganini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Afg‘oniston shaxmat federatsiyasi “Tolibon” hokimiyatga qayta kelganidan keyin ham faoliyat olib borayotgan edi. Federatsiya nafaqat erkaklar, balki ayollarni ham o‘qitib kelayotgan, shuningdek, mamlakat bo‘ylab turli musobaqalar tashkil etayotgan edi.

Bugungi kunda dunyoning aksariyat davlatlarida shaxmat intellektual sport turi sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa-da, “Tolibon” boshqaruvidagi Afg‘onistonda bu o‘yin qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Ta’kidlash kerakki, bu Afg‘onistonda shaxmat ilk bor taqiqlanishi emas. 1996–2001-yillardagi avvalgi “Tolibon” boshqaruvi davrida ham nafaqat shaxmat, balki boshqa ko‘ngilochar mashg‘ulotlar – musiqa, televideniye va internet ham taqiqlangandi. O‘sha paytda bu faoliyatlar diniy majburiyatlardan chalg‘itadi va qimorbozlikni rivojlantiradi, deb hisoblangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting