locale OZ

ADXC 10. Arman Carukyan ishtirok etadigan turnirda o‘zbekistonlik sportchi jahon chempioniga qarshi jang qiladi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
ADXC 10. O‘zbekistonlik sportchi jahon chempioniga qarshi jang qiladi — Arman Tsarukyan ishtirok etadigan turnirda
Rasm: gettyimages.com

31 may kuni Rossiyaning Moskva shahrida grepling va jiu-jitsu yo‘nalishlari bo‘yicha ADXC 10 turniri bo‘lib o‘tadi.

Musobaqaning markaziy jangidan o‘rin oladigan bellashuvda UFC yulduzi Arman Carukyan engil vaznda Bellator’ning sobiq chempioni Patrisiо “Pitbull” Freirega qarshi to‘qnash keladi. Shouning ikkinchi asosiy jangida esa rossiyalik Vadim Nemkov braziliyalik tajribali jangchi Ronni Markesga qarshi oktagonga chiqadi.

O‘zbekistonlik muxlislar uchun muhim yangilik shundaki, ushbu turnirda yurtdoshimiz Nodirbek Egamberdiyev mamlakatimiz sharafini himoya qiladi. Uning raqibi — grepling bo‘yicha Rossiyaning jahon chempioni Alibek Suleymanov bo‘ladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting