locale OZ

Abror Atabayev va Hojiakbar Qo‘chqorov jahon chempionatida sovrindor bo‘lishdi

Turnirga Serbiya mezbonlik qiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abror Atabayev va Hojiakbar Qo‘chqorov jahon chempionatida sovrindor bo‘lishdi
Фото: Olympic.uz

Serbiyada o‘tkazilayotgan sport kurashlari bo‘yicha U23 jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi dastlabki medallarini qo‘lga kiritdi. Yunon-rum kurashchilarimiz Abror Atabayev va Hojiakbar Qo‘chqorov musobaqaning kumush hamda bronza medaliga sazovor bo‘ldilar.

-72 kg vazn toifasida ishtirok etgan polvonimiz final yo‘lida Xitoy, neytral maqomda kurashgan Rossiya, Gruziya va Qozog‘iston vakillarini mag‘lubiyatga uchratishga erishdi. Biroq hal qiluvchi bosqichda eronlik raqibiga imkoniyatni boy berdi va dunyo birinchiligini ikkinchi o‘rinda yakunladi.

-55 kgda kurashgan Qo‘chqorov esa chorak finalda ozarbayjonlik raqibiga imkoniyatni boy bergach, o‘tish bosqichida Xitoy, bronza medali uchun bahsda esa Eron vakilini mag‘lubiyatga uchratdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting